hayotingdan nolib yashama inson cover art

hayotingdan nolib yashama inson

A
Ajoyib Uz

Creada el may. 23, 2026

Letra

Umr ham aylanar charxpalak guyo,
Tashvishga botib yashaymiz roʻyo.
Ishonma baribir bu yolgʻon dunyo,
Hayotingdan nolib yashama inson.

Bir burda nonni yeb qorni tuysa ham,
Dasturxon bezashar noz-ne'matga jam.
Qanot qilmas nega boriga xech ham.
Hayotingdan nolib yashama inson.

Yetkazganga shukur qilmadik kanda,
Nolidik kun rizq kam deya xanda.
Qachon shukur qilib yashaydi banda,
Hayotingdan nolib yashama inson.

Tagingda oʻchar samaning boʻlsa,
Koʻngling tuqdir koshki nafsing oʻlsa.
Yigʻib terganing qoʻlingdan ketsa,
Hayotingdan nolib yashama inson.

Sabr qilib yashashni bilsangda qani,
Ollohim baxtga yetkazar sani.
Dunyoga mehmon mehmonmiz nari,
Hayotingdan nolib yashama inson.