歌詞
💔Ayriliq💔
Ishq odamni o'ldirmaydi, o'ldirarkan xiyonat,
Yo'q ekan senda vafo, yo'q ekan-u diyonat.
Sevgim qoldi qo'limda ma'yus boqib chalajon,
Savol bermagin gulim, menga sen bo'lib xayron.
Senga sabab kerakmi? Xiyonating kifoya,
Senga sevgim kerakmi? Sevgim bo'ldi nihoya.
Seni sevardim axir, ikki ko'zim ko'r bo'lib,
Sevib sevilmaslikning, azobidan xor bo'lib.
O'sha mag'rur sevgimni, arminlarga ko'maman,
Sen menga qaytganingda, afsuski yo'q bo'laman.
Ha ketaman albatta, ko'z ilg'amas yiroqqa,
Bu dunyoda yo'q bo'laman, tashlab seni firoqqa.
Bo'ldi bas qil yig'lama, shuncha ko'z yosh yetarli,
Bu dunyodan baribir, bir kun hamma ketarli.
Bir kun meni sog'insang, samolarga termulib,
Senga boqib turarman, eng yorug' yulduz bo'lib.